O‘zbekistonda English Speaking Nation (Ingliz tilida so‘zlashuvchi millat) dasturi doirasida 18 mingdan ortiq ingliz tili o‘qituvchisining bilim va malakalari oshirildi. To‘rt yil davom etgan, qiymati 7 mln dollar bo‘lgan qo‘shma dastur AQSh tashkilotlari ko‘magida olib borildi.
English Speaking Nation dasturi doirasida 40 nafar amerikalik ingliz tili o‘qituvchisi O‘zbekistondagi maktablarda 520 nafar ingliz tili o‘qituvchisini o‘qitadi. Bu o‘zbek o‘qituvchilarining muloqot, yozish, tinglash va til o‘rgatish ko‘nikmalarini oshirishga yordam berishi kutilmoqda.
Xalq ta’limi vazirligi va AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan amalga oshirilayotgan English Speaking Nation yozgi treninglar dasturi doirasida respublikaning turli hududlarida 420 dan ortiq ingliz tili o‘qituvchilari intensiv mashg‘ulotlarda qatnashib, pedagogik va psixologik bilimlarini takomillashtirishadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting